Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi tarixi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini tabiiy va texnogen xususiyatga ega xavf-xatarlardan himoya qilish, agrar sohada sug‘urta tizimini takomillashtirish hamda qishloq xo‘jaligida moliyaviy barqarorlikni ta’minlash maqsadida tashkil etilgan.
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi O‘RQ-1056-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni hamda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 772-son qarori asosida tashkil etilgan.
Jamg‘arma faoliyatining yo‘lga qo‘yilishi bilan qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalashning zamonaviy tizimi joriy etildi. Ushbu tizim qishloq xo‘jaligi ekinlarini tabiiy va texnogen ofatlar oqibatida yuzaga keladigan zararlardan sug‘urtalash, sug‘urta mukofotlarini subsidiyalash hamda sug‘urta hodisalari sodir bo‘lganda yetkazilgan zararlarni qoplash mexanizmlarini samarali tashkil etishga xizmat qilmoqda.
Bugungi kunda Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi agrar sohada tavakkalchiliklarni boshqarish tizimini rivojlantirish, raqamli texnologiyalarni keng joriy etish, sug‘urta xizmatlari sifatini oshirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash yo‘nalishlarida faoliyat olib bormoqda.
Tashkil etilgan sana va huquqiy asosi
Tashkil etilgan sana va huquqiy asosi
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevral kuni qabul qilingan O‘RQ-1056-sonli qonuni asosida tashkil etilgan.
Jamg‘arma faoliyatining huquqiy asosini quyidagi hujjatlar tashkil etadi:
- O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1056-son «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash to‘g‘risida»gi Qonuni;
- O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 18-fevraldagi PF-223-son «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi Farmoni;
- O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2025-yildagi 772-son qarori(Jamg‘arma faoliyatini tashkil etish va uning faoliyatini tartibga solishga oid).
Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining tabiiy va texnogen ofatlar hamda boshqa sug‘urta hodisalari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi davlat tashkilotidir.
Jamg‘arma O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 18-fevraldagi O‘RQ-1056-son Qonuni, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-223-son Farmoni hamda Vazirlar Mahkamasining 772-son qarori asosida tashkil etilgan.
Jamg‘armaning asosiy vazifalari qishloq xo‘jaligi ekinlarini sug‘urtalash tizimini rivojlantirish, sug‘urta mukofotlarini subsidiyalash mexanizmlarini amalga oshirish, sug‘urta hodisalari yuz berganda zararlarni qoplash jarayonini tashkil etish hamda agrar sohada moliyaviy barqarorlikni ta’minlashdan iborat.
Mazkur sug‘urta tizimi qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining moliyaviy barqarorligini ta’minlash, hosil yo‘qotishlari bilan bog‘liq tavakkalchiliklarni kamaytirish hamda agrar sohada barqaror rivojlanishni qo‘llab-quvvatlashga xizmat qiladi.
