Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi — qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarining tabiiy va texnogen ofatlar hamda boshqa sug‘urta hodisalari oqibatida yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan moliyaviy yo‘qotishlarini kamaytirishga xizmat qiluvchi davlat tashkilotidir.

Doimiy hamkorlarimiz

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi haqida qisqacha ma’lumot

O‘zbekiston Respublikasining “Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-1056-son Qonuniga muvofiq, Jamg‘arma qishloq xo‘jaligi sug‘urtasini boshqarish, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarni turli tavakkalchiliklardan himoya qilish va zararning o‘rnini qoplash maqsadida qishloq xo‘jaligi sug‘urtalovchisi sifatida tashkil etilgan. Jamg‘arma notijorat tashkilot hisoblanadi.

Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 

6-dekabrdagi 772-son qarori bilan tasdiqlangan Nizomga ko‘ra, Jamg‘armaning asosiy vazifalari:

  • qishloq xo‘jaligini sug‘urta qilishni tashkil etish va boshqarish;

  • sug‘urta hodisasi yuz berganda, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini ishlab chiqaruvchilarga yetkazilgan zarar qiymatining qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi shartnomasi doirasida to‘lanishini ta’minlash.

  • Huquqiy asos:
  • O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 14-apreldagi O‘RQ-1056-son «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish to‘g‘risida»gi Qonuni;

  • O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 21-noyabrdagi PF-223-son «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish mexanizmini samarali tashkil etish to‘g‘risida»gi Farmoni;

  • Vazirlar Mahkamasining 2025-yil 6-dekabrdagi 772-son «Qishloq xo‘jaligi tavakkalchiliklarini sug‘urta qilish tizimini joriy etishning tashkiliy chora-tadbirlari haqida»gi qarori — Jamg‘arma to‘g‘risidagi Nizom shu qaror bilan tasdiqlangan;

  • Vazirlar Mahkamasining 2026-yil 28-apreldagi 206-son qarori — sug‘urta mukofotining 50 foizini davlat byudjetidan subsidiyalash tartibi.

Jamg‘arma haqida qisqacha ma’lumot

"Hosil bu fermerning bir yillik mehnati. Tabiatni sug'urta qilib bo'lmaydi, lekin zararni qoplash mumkin. Jamg'arma aynan shu maqsadda tashkil etilgan."

Qishloq xo’jaligi sug’urtasi jamg’armasi Qishloq xo’jaligi vazirligi huzuridagi davlat tashkilotidir. Jamg’arma g’alla, paxta, dukkakli ekinlar va issiqxona hosilini sel, do’l, suv toshqini, sovuq, bo’ron va yong’in kabi tabiiy ofatlardan sug’urta qiladi. Sug’urta hodisasi yuz berganda zarar tan olinadi va to’lov qonunda belgilangan muddatda amalga oshiriladi.

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi raqamlarda

Mamnun mijozlar
0 k +
Sug‘urta shartnomalari
0 k +
Tajribali mutaxassislar
0 +
Yillik tajriba
0 +

Rahbariyat

Achilov Murodjon Azamatovich

Direktor

Nurmatov Umidjon Tadjiboevich

Direktorning birinchi o‘rinbosari 

Djumayev Jonibek
O‘rinovich

Moliya boshqarmasi boshlig‘i

So‘nggi yangiliklar va e'lonlar

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida amalga oshirilayotgan islohotlar, monitoring ishlari, onlayn seminarlar, boshqaruv yig‘ilishlari, xalqaro hamkorlik va boshqa dolzarb yangiliklar bir sahifada.

Scroll to Top