Bog‘dorchilikni sug‘urtalash masalalari muhokama qilindi

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov boshchiligida Jamg‘arma xodimlari hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Hayrulla Saliev va Agentlikning […]

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov boshchiligida Jamg‘arma xodimlari hamda Agrosanoatni rivojlantirish agentligi direktori o‘rinbosari Hayrulla Saliev va Agentlikning tegishli mutaxassislari ishtirokida ishchi uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida mamlakatimizda joriy etilishi rejalashtirilayotgan bog‘dorchilik yo‘nalishini sug‘urtalash tizimini takomillashtirish, ushbu yo‘nalish bo‘yicha amalga oshirilayotgan yangiliklar va amaliy mexanizmlarni ishlab chiqish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, bog‘dorchilik sug‘urtasining afzalliklari va imkoniyatlarini bog‘ egalari hamda sohaga oid subyektlarga keng yetkazish, tushuntirish ishlarini samarali tashkil etish, axborot-targ‘ibot tadbirlarini kuchaytirish hamda idoralararo hamkorlikni yanada rivojlantirish yuzasidan fikr almashildi.

Scroll to Top