Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktori Murodjon Achilov rahbarligida Jamg‘arma hamda Agrar sohada to‘lovlar agentligi xodimlari ishtirokida Zoom platformasi orqali onlayn uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda hududlardan tashrif buyurgan mustaqil ekspertlar ham faol ishtirok etdilar.
Uchrashuvda Italiya Respublikasi Tushia universiteti professori Simone Severini hamda xalqaro maslahatchi Andrea Stoppa ishtirok etib, qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi sohasida salohiyatni oshirish dasturining asosiy maqsad va vazifalari muhokama qilindi.
Muloqot davomida namunaviy fermer xo‘jaliklarini tanlash, ularning ishlab chiqarish va iqtisodiy xususiyatlarini tahlil qilish, shuningdek, fermerlar duch keladigan asosiy xavflar va ularni samarali boshqarish mexanizmlari yuzasidan fikr almashildi.
Uchrashuv yakunida ishtirokchilar ishchi guruhlarga ajratildi hamda tanlangan fermer xo‘jaliklari bo‘yicha ma’lumotlarni yig‘ish, tahlil qilish va natijalarni 2026-yil 1-avgustga qadar taqdim etish vazifasi belgilandi.
📆 To‘plangan ma’lumotlar 2026-yil 4-avgust kuni bo‘lib o‘tadigan navbatdagi onlayn uchrashuvda muhokama qilinadi.




