Sug‘urta hodisalari va monitoring bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi

Bugun, 2026-yil 23-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Nurmatov boshchiligida Zoom platformasi orqali hududlardagi mustaqil ekspertlar bilan onlayn yig‘ilish bo‘lib […]

Bugun, 2026-yil 23-iyul kuni Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi jamg‘armasi direktorining birinchi o‘rinbosari Umid Nurmatov boshchiligida Zoom platformasi orqali hududlardagi mustaqil ekspertlar bilan onlayn yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
 
Yig‘ilish davomida sug‘urta hodisasi yuz bergan fermer xo‘jaliklari hududlarini monitoring qilish, joylardagi ishlarni muvofiqlashtirish hamda monitoring jarayonlarini belgilangan tartibda va sifatli tashkil etish masalalari atroflicha muhokama qilindi.

Shuningdek, mustaqil ekspertlarga monitoring ishlarini o‘z vaqtida amalga oshirish, aniqlangan holatlar bo‘yicha tegishli hujjatlarni to‘g‘ri rasmiylashtirish hamda fermerlar bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish yuzasidan zarur topshiriq va tavsiyalar berildi.

Qishloq xo‘jaligi sug‘urtasi tizimida shaffoflik, tezkorlik va samaradorlikni ta’minlash bo‘yicha ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Scroll to Top